AQŞ zarurat bölganda Rossiyaning Yaqin Şarq davlatlariga energiya taşuvçilarni yetkazişiga tösqinlik qiliş maqsadida uni dengizdan qamal qilişi mumkin. Bunday fikrni AQŞ içki işlar vaziri Rayan Zinke Pittsburgdagi sanoat tadbirida aytib ötdi.

“Bizda harbiy-dengiz kuçlarimiz evaziga dengiz aloqa yöllari oçiq qolişini kafolatlaş va Rossiya energiya taşuvçilari bozorga tuşmasligi uçun ularni zarurat bölganda tösişga imkoniyat bor”, deb aytgan Zinke.
Zinke Rossiya iqtisodiyoti uçun yagona daromad manbai energiya taşuvçilarni sotiş hisoblanişini aytgan. Uning ta'kidlaşiça, Rossiya Yaqin Şarqda öz nefti va gazini Yevropada sotayotgandek sotiş uçun u yerda faol siyosat olib bormoqda.
Zinkening aytişiça, Eron bilan boğliq vaziyat Rossiya bilan boğliq vaziyat kabidir va bu masalalarni hal qilişning ikki varianti bor.
“Harbiy variant bor, men uni qöllaşni istamasdim. Şuningdek, iqtisodiy variant mavjud, u bosim ötkaziş va bozordan energiya resurslarni siqib çiqarişdan iborat. Biz buni qila olamiz, çunki AQŞ eng yirik neft va gaz işlab çiqaruvçi davlatdir”, deb öz sözlarini intiholagan Zinke.












