Argentina terma jamoasining sobiq futbolçisi Xuan Roman Rikelme «Barselona» hujumçisi Lionel Messi yana milliy terma jamoa safiga qaytişiga umid bildirmoqda. Bundan avvalroq Messi xalqaro faoliyatida tanaffusga çiqqani va 2018 yilda terma jamoa uçun boşqa öynamasligi haqida xabarlar berilgandi.
«Messi yana terma jamoa uçun öynay boşlaşiga şubha qilmayman. Biz köp muloqot qilamiz, ammo u bilan terma jamoa haqida gaplaşmadim. Körinişidan u albatta qaytadi. Unga Argentina uçun öynaş muhim», — deya Rikelmening sözlarini keltirgan Mundo Deportivo.
Rossiyadagi jahon çempionatida Argentina pley-off bosqiçiga qiyinçilik bilan çiqdi. 1/8 finalda esa argentinaliklar fransuzlarga 3:4 hisobida yutqazdi. Messi mundialda bir gol urdi va ikki golga uzatma berdi.












