Yevropaning barça rivojlangan davlatlaridagi ölim holatlarining 56 foizi yurak-tomir kasalliklariga töğri keladi. 

Rossiyalik akademik Yuriy Belenkovning aytişiça, yurak-tomir kasalliklari “yoşarmoqda”. Hozirgi kunda xatar guruhiga ota-onalari şunday kasalliklardan aziyat çekkan 40 yoşdan katta ayollar hamda 35 yoşdan katta erkaklar kiradi.  

Oxirgi yillarda bu kasalliklarni davolaşda sezilarli yaxşilaniş kuzatilmoqda. Misol uçun, Tsyurix oliy texnika maktabi xodimlari 3D-bosma yordamida töliq faoliyat yurituvçi sun'iy yurak yaratişgan. 

Biroq şunga qaramay, Belenkovning aytişiça, infarkt va yurak işemik kasalligiga qarşi kuraşda profilaktika eng samarali vosita bölib qolmoqda.

“Töğri ovqatlaniş, sport bilan şuğullaniş va salomatlikni kuzatiş: qon bosimi, puls çastotasi, xolestirin va qondagi şakar miqdorini muntazam kuzatib boriş. Ha, bu zerikarli va oğirdir, biroq bugungi kundagi eng samarali usuldir”, deb aytmoqda Belenkov.

Kuniga bor-yöği 20 daqiqalik badantarbiya yurak, suyak va muşaklarni şikastlanişlardan saqlaydi hamda infarkt yoki insult avj olişining xavfini kamaytiradi, haftasiga ikki hovuç yonğoq iste'mol qiliş esa yurak-tomir kasalliklari rivojlanişi ehtimolini deyarli 25 foizga kamaytiradi. 

Germaniyalik va britaniyalik olimlarning yaqinda ötkazgan tadqiqotining körsatişiça, haftasiga 4 finjon qahva içiş yurak hujayralari faoliyati va miokard infraktidan keyin ularning tiklana olişiga ijobiy ta'sir qiladi hamda qand kasalligidan yordam beradi.