NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Makedoniyaning nomini özgartiriş böyiça referendum natijalariga baho berdi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.
Makedoniya nomini özgartiriş böyiça referendumda mamlakat fuqarolarining 90%dan ortiği uşbu qarorni qöllab-quvvatladi, ammo saylovda iştirok etiş darajasi taxminan 35%ni taşkil etdi - mamlakat qonunlariga köra, bunday körsatkiç natijalari rasman ravişda tan oliş uçun yetarli emas.
Stoltenbergning ta'kidlaşiça, Makedoniya uçun «NATO eşiklari oçiq», ammo milliy jarayonlarni oxiriga yetkazib qöyiş kerak.
«Men referendumda «ha» deb ovoz berilganini ma'qullayman. Barça siyosiy rahbarlar va partiyalarni uşbu tarixiy imkoniyatdan foydalaniş uçun konstruktiv hamda mas'uliyatli harakat qilişga çaqiraman», - deya qayd etib ötdi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq kiçik Jorj Buş Makedoniya fuqarolariga çaqiriq bilan çiqqandi.












