Bugungi kunda mamlakatimizda taşqi va içki turizm sohasini yanada rivojlantirişda temiryöl transportining alohida örni bor. Yildan-yilga temiryöl transportida qator yangiliklar joriy etilmoqda. Bundan közlangan asosiy maqsad yurtimiz fuqarolari hamda xorijlik sayyohlarga sifatli xizmat körsatişdir.
Xususan, keyingi yillarda «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan bu borada bir qança işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, jamiyat tomonidan yölovçilarga yanada qulayliklar yaratiş maqsadida «Toşkent-Buxoro-Toşkent» yönalişidagi «Şarq» tezyurar elektropoyezdiga modernizatsiya qilingan bir neçta vagon ulandi.
Ta'kidlaş joizki, uşbu vagonlar oldingi vagonlarga qaraganda qator qulayliklarga ega. Xususan, oldingi vagonlar 36 öringa möljallangan bölsa, yangi vagonlar 48 yölovçini siğdira oladi. Yangi vagonlar taşqi şovqindan himoyalangan bölib, sovutiş va isitiş tizimlariga ega. Bundan taşqari, qöl yuviş xonalari oldingi vagonlarga qaraganda keng qilib qurilgan. Vagonlarda yölovçilarga sifatli xizmat körsatiladi.
Bunday vagonlar bosqiçma-bosqiç işlab çiqarilişi rejalaştirilmoqda.




























