SURTMA AQL
Heç kim ona qornidan avliyo bölib tuğilmaydi! Çunki bilim misqollab, tajriba vaqtni xarjlab yiğiladi. Biz buni yaxşi bilamiz!
Esimizni tanibmizki, tezroq katta bölsak, deymiz. Yuksaklikka talpinamiz. Ammo yuksala-yuksala bir kun nogoh kiftimiz bulutlarga tekkanda ilkis oyoğimiz yerdan uziladi... va... Yer-u osmon aro muallaq qolamiz...
Muallaq narsa omonat böladi.
Omonat narsa, şaksiz, şamollarga ermak böladi.
Biz buniyam bilamiz!
Biz baloniyam bilamiz!
Gursillab yerga yiqilamiz-u şundayam past kelmaymiz: «Xom sut emgan bandamiz-da!» deymiz. Xom sut – zör bahona! Töğrimi?!
Modomiki, sut haqida söz oçilgan ekan, xonasi kelganda, bir gapni aytib qöyay: ona sutida gap köp! Çindanam, gap köp! Çunki ona suti bilan kirmagan aql tana suti bilan kirmaydi.
Kir-may-di!
Şuning uçun nimaiki yaxşi xislatimiz, nimaiki yaxşi tuğma instinkt – könikmamiz bölsa, eng avvalo, onalarimizdan minnatdor bölişimiz kerak! Zotan, siz-u bizni turtma aqlga muhtoj qilmagan, surtma aqlni jon tomirlarimizga quygan ilk ustozimiz – onalarimizdir!
Donoga – işora. Mana, gapimning kaştasi qay tomonga «örmalayotgani»ni ham ilğab oldingiz. Men bugun ustozlarimiz haqida söz oçmoqçiman.
USTA KÖRGAN ŞOGIRD HAR MAQOMGA YÖRĞALAR
Sezib turibman, şunday maqolni buzdi-ya, deb öylayapsiz. «Usta körmagan şogird har maqomga yörğalar emasmi?!» deb e'tiroz qilasiz. Ammo işoning, biroz şoşyapsiz. Töğri, siz haqsiz. Qaysi ma'nodaki, asil ustozning qadru qimmati haqidagi maqol bu! Ustozning qölida zuvalasi pişmagan xom-ğöra şogirdning ahvoli voy ekani haqidagi maqol bu! Ammo aslida ham şundaymi?!
Eşiting!
Ötmişda noğoraçi va doiraçilar yoş raqqos va raqqosalarni noğoraning «taka-tum»i, doiraning «gij-bangi»ga örgatganlar. Tabiiyki, oradan ma'lum vaqt ötgaç, şogirdlar noğora va doiraning har bir maqomini nozik ilğab, unga monand ravişda raqs tuşiş könikmasini egallay borişgan. Bora-bora bu işning hadisini olişgan. Bundan çiqdiki, har maqomga yörğalaş hammaning ham qölidan kelavermas ekan!










