
Sirdaryo viloyati Xovos tumani dalalarida paxta terimi ayni avjiga chiqqan. «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ raisi Muxtor Karimov ham ushbu tuman dalalaridagi paxta terimi bo‘yicha hasharda qatnashdi.




- Paxta bizning milliy boyligimiz, - deydi M.Karimov. - Uni nobud qilmasdan terib olish nafaqat fermer va dehqonlarning, balki har birimizning burchimizdir. Shu sababli bugun o‘zim ham hasharda qatnashmoqdaman. Dalaga chiqishimning asosiy sabablaridan biri - hasharchilarga yaratilgan sharoit bilan shaxsan tanishib, ularni qiynayotgan muammolarini joyida hal etish.



Hozirda hasharga «O‘zagrotexsanoatxolding»ning 500 nafardan ko‘proq ishchilari qatnashmoqda. Ular bepul uch mahal issiq ovqat va yotoqxona bilan ta'minlangan. Bundan tashqari, hukumat tomonidan ularga har 1 kg terilgan paxta uchun 950 so‘mdan pul to‘lanmoqda. Shuningdek, ilg‘or terimchilarga qimmatli sovg‘alar va mukofot pullari berilishi ham ko‘zda tutilgan.


















