Özbekiston va Hindiston kosmik sohadagi hamkorlikni yölga qöyişni rejalaştirişmoqda. Hindiston boş vaziri Narendra Modi Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar yakunlari böyiça şu haqida ma'lum qildi.
"Biz sizlarning kosmik soha, inson resurslari va axborot texnologiyalarini rivojlantirişga doir takliflaringizni qabul qilamiz. Özbekistonga bizning bu yönalişdagi tajribamizdan foydalanişini taklif qildik", - dedi Hindiston boş vaziri.
Şavkat Mirziyoyevning Hindistonga ilk davlat taşrifi 30 sentabr kuni amalga oşirildi. Taşrif doirasida ilmiy-texnik, qişloq xöjaligi, turizm, harbiy ta'lim, adliya, soğliqni saqlaş va tibbiyot ilmi, farmatsevtika, tinç maqsadlarda kosmosni tadqiq qiliş va boşqa yönalişlardagi hamkorlikka oid 20 ta hujjat imzolandi. Tomonlar 2020 yilga borib özaro tovar aylanmasini 1 milliard dollarga yetkazişga kelişib olişdi.












