Joriy yilning 25 sentabr kuni “Özbekneftgaz” AJ boş ofisida kompaniya rahbariyati Exxon Mobil kompaniyasi vakillari bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Kun.uz’ga “Özbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Birgalikdagi faoliyat mobaynida Exxon Mobil özini “Özbekneftgaz” AJning işonçli hamkori sifatida namoyon etdi. Şu munosabat bilan uçraşuvda Exxon Mobil kompaniyasi vakillariga “Farğona neftni qayta işlaş zavodi” MÇJ bazasida II va III guruh bazaviy moylarni işlab çiqarişni taşkil etiş” loyihasida texnologik asbob-uskunalar lisenziari sifatida iştirok etayotgani uçun minnatdorçilik bildirildi.

Exxon Mobil – jahonga maşhur köp funksiyali kompaniya bölib, u neftni qayta işlaş, gazni qayta işlaş, neft-kimyo mahsulotlari va yirik işlab çiqariş sanoati uçun texnologiyalarni işlab çiqiş va yetkazib berişga ixtisoslaşgan.
Exxon Mobil va “Özbekneftgaz” AJ örtasidagi hamkorlik yangi bosqiçga ötişiga Özbekiston prezidentining AQŞga qilgan rasmiy taşrifi turtki bölgan. Uning davomida hamkorlik bitimi imzolangan.
Bazaviy moylarni işlab çiqarişni taşkil etiş loyihasi Özbekiston Respublikasi va AQŞ örtasida davlatlararo hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça “yöl xaritasi”ga muvofiq amalga oşiriladi.
Mazkur loyihaning taxminiy qiymati 150 million AQŞ dollarini taşkil etadi va uni amalga oşiriş muddati – 2018-2021 yillar.
Exxon Mobil ekspertlarining ta'kidlaşlariça, bu kabi loyiha mintaqada yagonadir. “Özbekiston neft-gaz sohasi Exxon Mobil kompaniyasi uşbu istiqbolli loyihani muvaffaqiyatli amalga oşiriş uçun tajriba va texnologiyalarni bölişişga tayyor ekanligiga işonç hosil qilişi mumkin”, dedi Neftni qayta işlaş va gazni tozalaş texnologiyalari, katalizatorlar va litsenziyalaş böyiça boş menejyer, kompaniya vitse-prezidenti Şon Smit.

Xorijiy kompaniya mutaxassislari mamlakatimizning işbilarmonlik muhitida amalga oşirilayotgan islohotlar, xususan, Özbekiston Respublikasi prezidentining loyihaoldi, loyiha va tender hujjatlarini, şuningdek, import şartnomalarini tasdiqlaşning yangi tartibini nazarda tutuvçi qaror qabul qilişi töğrisida keng ma'lumotlarga ega böldi.











