3 oktabrda Indoneziyaning Markaziy Sulavesi viloyatida 4,8 magnitudali yer silkiniş yuz berdi. Bu haqda Meteorologiya, iqlim va geofizika agentligi ma'lum qilgan.
Ma'lum qilinişiça, zilzila markazi viloyatning ma'muriy markazi Palu şahridan 20 km uzoqlikda, öçoği 10 km çuqurlikda bölgan. Şaharda kiçik yer silkinişlar sezilgan. Jabrlanganlar va talofatlar haqida ma'lumot berilmagan.
Ötgan haftada şu hududda 7,4 magnitudali vayronkor zilzila yuz bergandi. 2 kun davomida 170 ga yaqin takroriy yer silkiniş qayd qilingan. Kuçli zilzilalar tölqinlari balandligi 5-7 metrga yetgan kuçli sunami keltirib çiqargan.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, tabiiy ofat oqibatida 1234 kişi halok bölgan, yana 100 ga yaqin kişi bedarak yöqolgan, deb hisoblanmoqda. Yuzlab odamlar jarohat olgan. Zilzila oqibatida 60 mingdan köproq odam öz uyini tark etişga majbur bölgan.












