Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati 16-yalpi majlis davomida içimlik suvi ta'minoti va suvni çiqarib yuboriş (kanalizatsiya) xizmatlari uçun 100 foiz oldindan haq tölanişini ma'qullandi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 noyabrdagi «Suv ta'minoti va suv çiqariş xizmati körsatiş sohasida tölov intizomini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoniga muvofiq kiritilayotgan özgartiş va qöşimçalarga muvofiq davlat va xususiy uy-joy fondlarida içimlik suv ta'minoti va suvni çiqarib yuboriş (kanalizatsiya) xizmatlari 100 foizlik haq tölaş asosida körsatiladi. Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, bu joylarni ijaraga oluvçilarga suv ta'minoti va suvni çiqarib yuboriş (kanalizatsiya) xizmatlari uçun oldindan 100 foizlik haq tölaş amalga oşirilmagan taqdirda, suv ta'minoti va suvni çiqarib yuboriş (kanalizatsiya) tizimlaridan töliq uzib qöyişgaça bölgan çoralar köriladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma'qullangan.

Senatorlar ma'lumotiga köra, Özbekistonda içimlik suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlaridan debitor qarzdorlik 278 milliard sömdan oşiqni taşkil etadi. Bundan 227 milliard sömi aholi va 50,6 milliard sömi yuridik şaxslarga hissasiga töğri keladi.

Eng katta qarzdorlik Toşkent şahri (55 milliard söm), Toşkent (46 milliard söm) va Namangan viloyatlariga (30 milliard söm) töğri kelmoqda.