Fransiya aviasozlik kompaniyasi va sintetik biopolimerlar işlab çiqaruvçi nemis kompaniyasi sun'iy örgimçak töri negizidayangi material işlab çiqadi. Bu material samolyotlarni yengilroq qiladi, deb xabar beradi “Yevro Puls”. 

Sun'iy örgimçak töri oson egiladi va bunda öz pişiqligini yöqotmaydi, uni samolyot qanotlarini mustahkamlaş va korpusini himoyalaşda qöllaş mumkin. Yangi material samolyotni yengilroq qiladi va demak, yonilği sarfini kamaytiradi.  

Yangi materialning birinçi namunaviy partiyasi bilan tajribalar 2019 yilda boşlanadi.

Material negizida sun'iy örgimçak töri yotadi. Sun'iy tör kosmetika va tibbiyotda (misol uçun, jarrohlik ipi sifatida) qöllanmoqda, yaqinda undan öta yengil krossovkalar tayyorlangan.  

Olimlar örgimçaklar DNKsini rasşifrovka qilib, undan örgimçak töri hosil qilişga javobgar genlarni ajratib olişgaç, sun'iy örgimçak törini işlab çiqarişni yölga qöyişgan. Bu genlar bakteriyalar DNKsiga “ötqazilgan” va endi bu mikroorganizmlar strukturaviy jihatdan örgimçak töriga öxşaş oqsillar işlab çiqaradi. Bu oqsillar – keyinçalik gel, tola yoki plyonkaga aylantirilişi mumkin bölgan kukundir.