Özbekiston Respublikasi Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov 3 oktabr kuni start berilgan "Ipak yölida turizm" xalqaro körgazmasi doirasida Özbekiston böylab velosipedda sayohat qilgan Muhammad ota Qudratovga yangi velosipedni topşirdi.

"Özbekiston böylab sayohat qil" dasturining eng faxriy iştirokçisi 64 kun içida 4000 kilometr masofani velosipedda bosib ötgan va şu tariqa Özbekistonning barça hududlarida bölgan.

Bundan avval KUN.UZ'da 2018 yilning 7 aprel kuni Buxoro viloyati, Peşku tumanida istiqomat qiluvçi, 70 yoşni qarşi olgan Muhammad ota Qudratov Özbekiston böylab sayohat qiliş maqsadida velosiped orqali öz sayohatini boşlagani haqida xabar berilgan edi.
Sayohatçi otaxon Buxoro – Samarqand – Toşkent – Namangan – Farğona – Andijon – Termiz – Qarşi – Buxoro yönalişi böyiça sayohatni amalga oşirişni rejalaştirgan.

«Bu sayohat orqali yurtimizda içki turizmni rivojlantirişga öz hissamni qöşmoqçiman», – deb ta'kidlagandi Muhammad ota.
Bugun u öz niyatiga erişdi va bundan juda xursand ekanini yaşirmadi. Otaxon öz misolida tengdoşlari va yoşlarni soğlom hayot tarziga rioya qiliş, sport bilan şuğullaniş va Özbekiston böylab sayohat qilişga çorladi.











