Bugun, 4 oktabr kuni Özbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasida navbatdan taşqari hisobot-saylov konferensiyasi ötkazildi. Unda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Umid Ahmadjonov, assotsiatsiya Ijroiya qömitasi a'zolari, assotsiatsiyaning viloyat bölimi rahbarlari, hakamlar, murabbiylar, terma jamoa a'zolari iştirok etdi.

Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmatidan ma'lum qilişlariça, konferensiya kun tartibidan örin olgan eng asosiy masala taşkilotga yangi rahbar saylaş edi.
Uşbu lavozimga Ahmadjon Amindjanoviç Rahimov nomzodi ilgari surildi va yiğilganlar körsatilgan nomzodni qöllab-quvvatlaşdi. Yakunda Ahmadjon Rahimov Özbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasining raisi etib saylandi.

Foto: Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati
Konferentsiyada MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov sözga çiqib, taekvondoning Özbekistonda rivojlanib borayotgan sport turlaridan biri ekanligi, birgalikda işlab yanada kattaroq muvaffaqiyatlarga erişiş mumkinligi haqida gapirdi.
Yangi saylangan rahbar ham öz örnida hamjihatlikda faoliyat olib borib, mamlakat dovruğini köklarga kötariş lozimligini qayd etib ötdi.
Ma'lumot uçun, Ahmadjon Rahimov 1975 yilda tavallud topgan. Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Oilali. Uç farzandning otasi.
«Yangi rahbariyat oldida u qadar oson bölmagan vazifa turibdi. Jumladan, assotsiatsiya rahbariyati Özbekistonda taekvondoni yanada rivojlantiriş, ommalaştiriş, sportçilarni nufuzli musobaqalarga munosib tayyorgarlik körişi va muvaffaqiyatli iştirok etişini ta'minlaş lozim böladi», - deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, şu yilning may oyida Özbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi prezidenti lavozimida qariyb 10 yildan buyon faoliyat yuritib kelgan Botir Parpiyev, Davlat soliq qömitasi raisligidan işdan olinişi ortidan, bu vazifasidan ham








