Bugun, 5 oktabr kuni Toşkentdagi «Milliy» stadionining anjumanlar zalida Özbekiston kamondan otiş federatsiyasining navbatdan taşqari hisobot-saylov konferensiyasi bölib ötdi. Unda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi mutasaddilari, kamondan otiş federatsiyasi xodimlari, viloyatning federatsiya bölimi vakillari, sportçi va murabbiylar, şuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.

Yiğilişni Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi Prezidenti maslahatçisi Komiljon Xudoyberganov olib bordi. Konferentsiya davomida bungaça erişilgan yutuqlar, qölga kiritilgan muvaffaqiyatlar uçun federatsiyaning avvalgi raisi Jamoliddin Boboxonovning xizmatlari alohida qayd etildi va minnatdorçilik ramzi sifatida unga zarbof çopon kiydirildi.

Foto: Milliy Olimpiya qömitasi
Şundan söng Otabek Sobitjonoviç Imomov nomzodi Özbekiston kamondan otiş federatsiyasi raisi lavozimiga taklif qilindi. Konferentsiya iştirokçilari bir ovozdan uşbu nomodni qöllab-quvvatladilar. Şu tariqa O.Imomov Özbekiston kamondan otiş federatsiyasining raisi lavozimiga saylandi.

Foto: Milliy Olimpiya qömitasi

Sir emaski, kamondan otiş böyiça Özbekiston jahonda yetakçi mamlakatlar qatorida e'tirof etilmaydi. Ammo, yangi rahbariyat kelajakda sportning uşbu turini rivojlantiriş va ommalaştirişni maqsad qilgan.
“Asosiy maqsadimiz davlatimiz rahbari tomonidan sport yönalişi böyiça qöyilgan vazifalarni bajarişdir. Kelajakda yangidan-yangi marralarni zabt etamiz. Nasib qilsa, Tokio-2020 Olimpiya öyinlariga nafakat litsenziya qölga kiritamiz, balki unda medallar uçun ham harakat qilamiz”, – dedi federatsiyaning yangi raisi Otabek Imomov.








