Köpçilik hayotini özgartirişni istaydi, biroq buni qanday amalga oşirişni bilmaydi. Tadbirkor  va yozuvçi Jyeyms Altuşer öz maslahatlari bilan örtoqlaşdi.

Altuşer öz blogida karerasi davomida özlaştirgan hayotiy saboqlarni naşr qildi. Balki ular sizga özingiz uçun biror narsani özgartirişga ilhom berar.

Foto: Unsplash

1. Vaqtingizni birga ötkazadigan kişilar şaxsiyatingizni belgilaydi. Qimmatli onlarni hayotingizni zaharga aylantiradiganlar uçun sarflamang.

2. Kaydzen strategiyasini qöllang. Har kuni özingiz sevgan narsada 1 foizga yaxşilaning. Hatto 1 foizlik yaxşilaniş ham bir yil davomida ança olğa ilgarilaşga yordam beradi. Bu qolgan 99 foiz kişilar amalga oşirganidan ança köproq.

3. Erkin böliş – şaxs sifatida rivojlanişga boğliq masalalarda özgalar qaroriga boğliq bölmaslik.

4. Minnatdorçilik va qörquv birgalikda mavjud böla olmaydi. Biz qabul qilayotgan qarorlar yoki rivojlanişga bölgan intiliş, yoki qörquvga asoslanadi. Biroq faqat birinçisi bizni içki kompas körsatadigan yönaliş böylab harakatlantiradi.

Foto: Unsplash

5. Odamlar turli guruhlarga mansub. Ularni şartli ravişda +, − va = bilan belgilaş mumkin.

Vaqtingizni köproq «+» kategoriyasidagi odamlar bilan ötkazing. Bu guruhdagilardan biror narsa örganişingiz mumkin.

«=» guruhi – siz bilan bir xil darajadagilar, ular bilan birgalikda ösişingiz va rivojlanişingiz mumkin. «−» lar esa sizdan ortda qolganlar, ularga siz biror narsa örgatişingiz mumkin.

6. Biror sohada yutuqqa erişiş uçun jismoniy, hissiy, ijodiy va ruhiy quvvat zarur. Har bir quvvat turini töldirib borişga harakat qiling.

7. Jismoniy jihatdan soğlom böliş uçun töğri ovqatlaning, köproq harakat qiling va uxlang. Bu salomatlikning uç omili.

8. Hissiy soğlom böliş uçun vaqtingizni sizni yaxşi körib, qadrlaydiganlar bilan ötkazing.