Britaniyaning Go-Ahead transport operatori Sautgempton şahrida tomida havoni tozalovçi filtr bölgan avtobus qatnovini yölga qöydi.

Ta'kidlanişiça, avtobus tomida maxsus filtr örnatilgan bölib, u avtobus ketayotganida ifloslangan havoni töplab, filtrdan ötkazib, yana taşqariga çiqaradi. 

“Bu avtobus öz yönalişi böylab 10 metr balandlikkaça havoni tozalaydi. Faraz qiling, agar barça avtobuslar şu texnologiyaga ega bölsa, havo sifati uçun qança özgarişlar qila olgan bölardik”, deb aytgan Go-Ahead ijroçi direktori Devid Braun.