Çernobilda 1986 yilda portlab ketgan atom reaktorini yopib turuvçi sarkofagdan 100 metr narida 1 MVt quvvatga ega birinçi quyoş elektr stansiyasi işga tuşirildi. Bu haqda Reuters loyihaga boşçilik qilayotgan kompaniya ijroçi direktori Yevgeniy Varyaginga asoslanib xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, oçiliş marosimi 5 oktabr, juma kuni bölib ötgan.
«Bu nafaqat yana bitta quyoş elektr stansiyasi - bu 1986 yilda portlab ketgan yadroviy reaktordan 100 metr masofada joylaşgan yagona stansiya», - deya ta'kidlab ötdi Varyagin.
Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, «uşbu loyihaning ramziyligiga ortiqça baho beriş qiyin».

















