Indoneziyadagi zilzila va sunami natijasida halok bo‘lganlar soni 1648 kishigacha yetdi. Bu haqda Detik News mahalliy rasmiylarga tayangan holda xabar bermoqda.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 563 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Qayd etilishicha, jabrlanganlarning aniq soni hali ham ma'lum emas.

Avvalroq, Indoneziyadagi zilzila va sunami natijasida 1558 kishi halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ta'kidlanishicha, zilzila oqibatida 2,5 mingdan ziyod odam jabr ko‘rgan.