Markaziy bank, tijorat banklari, tölov taşkilotlari va tölov tizimi operatorlari örtasida InfoCards axborot almaşinuvi tizimi joriy etildi, deya xabar berdi regulyator axborot xizmati.  

Yangi tizim bank kartasi bloklangan taqdirda uning qaysi huquqni muhofaza qiluvçi organ tomonidan, qaçon va qanday sababga köra bloklanganiga oid maʼlumotlarni tezkor aniqlaş imkonini beradi.

Endilikda buning uçun fuqaroning qöşimça ravişda Markaziy bankka murojaat qilişi talab etilmaydi. Karta egasi öziga xizmat körsatuvçi tijorat banki bilan boğlanişi kifoya. Bank InfoCards tizimi orqali tegişli maʼlumotlarni aniqlab, kartaning bloklanişi yuzasidan tuşuntiriş beradi.
Mazkur tizim fuqarolarning murojaatlarini körib çiqiş jarayonini soddalaştiriş, ortiqça ovoragarçilikni kamaytiriş hamda bank xizmatlaridan foydalanişda tezkorlik va şaffoflikni oşirişga xizmat qiladi.