100 foiz pensiya oliş huquqiga ega bölgan işlovçi pensionerlar toifalarining töliq röyxati Norma tomonidan taqdim etildi.
 
Joriy yil iyun oyida byudjyetdan taşqari Pensiya jamğarmasi barça işlovçi pensionerlarga pensiyalarni töliq miqdorda tölaşni taklif etgan edi. Sentyabr oyida Prezident farmonining tegişli loyihasi QHTBT portalida umum muhokamasiga qöyildi. Turli sanalar tilga olindi: 2018 yil 1 oktabrdan, 2019 yil 1 yanvardan… Ayni paytgaça bironta sana uzil-kesil tasdiqlanmadi, hujjat qabul qilinmadi, hozirça hammasi loyiha darajasida turibdi.
 
Mamlakatdagi işlovçi pensionerlarning aksariyati ilgarigidek tayinlangan pensiyaning yarmini olyapti (20.11.1995 yildagi PF–1289-son farmon). Töliq pensiya tölanadigan ayrim toifadagi fuqarolar bundan mustasno. Sönggi paytda ularning röyxati ança kengaydi. Uşbu masalani tartibga soluvçi köpgina hujjatlar qabul qilindi. Biroq şu paytgaça 100 foiz pensiya oladigan işlovçi pensionerlarning barça toifalari bitta töliq röyxat holiga keltirilmagan, ular turli normativ hujjatlarda alohida körsatilgan. 
 
Barça işlovçi pensionerlarga töliq pensiya tölaş haqida uzil-kesil qaror qabul qilinmagan ekan, 100% pensiya oliş huquqiga ega bölgan barça işlovçi pensionerlar körsatilgan yiğma jadvalni e'tiboringizga havola etamiz.