Samarqand viloyatining Past Darğom tumanida şu yil 4 oktabr kuni 58-sonli örta maktab öqituvçisi U.T. boşqaruvidagi “Damas” rusumli avtomaşinasiga noma'lum şaxs Yangiobod mahallasi hududida yölovçi sifatida ötirib, Juma şahar Böston mahallasi hududiga yetib kelganlarida noma'lum şaxs haydovçiga şu yerdan “Sabina” ismli tanişini çaqirib berişini söragan va u avtomaşinadan tuşgan vaqtida noma'lum şaxs avtomaşinani haydab qoçgan.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.
Olib borilgan qidiruv işlari natijasida avtomaşina 6 oktabr kuni Samarqand şahar Narpay köçasidan texnik soz holda topilgan.
Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Past Darğom tumanida yaşovçi muqaddam sudlangan I.Ya. sodir etganligi aniqlanib, qölga olingan.
Tergov davom etmoqda.












