Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8 oktabr kuni rasmiy tashrif bilan Fransiyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tashrif davomida ikki davlat rahbarlari o‘rtasida muzokaralar, Fransiya parlamenti rahbariyati, yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Uchrashuv va muzokaralar yakunida 10dan ortiq hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, prezident BMTning Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashadi. Unda O‘zbekiston va YuNeSKO o‘rtasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollari muhokama etiladi hamda 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma Harakatlar rejasi qabul qilinadi.
Mavzuga oid
13:00 / 09.11.2023
Shavkat Mirziyoyev yana bir bor G‘azodagi voqealarga munosabat bildirdi
11:48 / 09.11.2023
“Dunyo siyosiy arxitekturasi tom ma’noda o‘zgarmoqda” - Shavkat Mirziyoyev
18:18 / 12.09.2023
O‘zbekiston yo‘llarida yuk mashinalariga mo‘ljallangan tarozilar o‘rnatiladi
12:28 / 12.09.2023