AQŞ prezidenti Donald Tramp 14-sentabr kuni Truth Social ijtimoiy tarmoğida Rossiya va Ukraina bir-birining energetika infratuzilmasiga zarba berişni töxtatişga kelişib olganini bildirdi.

Tramp qisqa bayonotida jahon bozorida dizel yonilğisi narxining oşişini ham asosan Rossiya va Ukraina örtasidagi uruş bilan boğladi.

Bundan bir kun avval AQŞ prezidenti Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiyni Rossiyaning dizel yonilğisi bilan boğliq infratuzilmasiga zarbalarni töxtatişga çaqirgan edi.

«Zelenskiy janoblari bilan bu haqda gaplaşdik. Boşqa köplab nişonlar bor. Rossiyadagi dizel yonilğisiga zarba berişni töxtatişingiz kerak. Bu butun dunyoga zarar yetkazmoqda», degan Tramp jurnalistlar bilan suhbatda.

Keyinroq Zelenskiy Ukraina Rossiya energetikasiga zarba berişdan tiyilişga tayyorligini maʼlum qildi. Biroq buning uçun hamkorlar Rossiyaning Ukraina elektr energetikasi, boşqa energetika obyektlari, muhim infratuzilmasi va oziq-ovqat taʼminotiga hujum qilmaslik niyatini amalda taʼminlaşi kerakligini aytdi.

Ukraina prezidentining taʼkidlaşiça, Kiyev Moskva har qanday kelişuvga rioya qilişni istaşiga hozirça işonç bildirmayapti. Zelenskiy bunday kelişuvlar uzoq muddatli bölişi va odamlar hayotiga real taʼsir körsatişi zarurligini qayd etdi.

U energetika va muhim infratuzilmaga zarbalarni töxtatiş uruşdagi keskinlikni pasaytiriş va tinçlikka erişiş yölidagi birinçi qadam bölişi mumkinligini ham taʼkidladi.

Rossiya tomoni Trampning ikki davlat energetika obyektlariga özaro zarba bermaslikka kelişgani haqidagi bayonotiga hozirça rasmiy munosabat bildirmagan.

Rossiya 2026-yil yozida yonilği bozorida jiddiy tanqislikka duç kelgan. Bu holat Ukraina dronlarining Rossiya neftni qayta işlaş zavodlari va yonilği-energetika obyektlariga zarbalari köpaygani fonida kuzatilgan.

Reuters manbalari maʼlumotiga köra, avgust oxiriga kelib Rossiyada benzin işlab çiqariş hajmi içki isteʼmolning qariyb 70 foizi darajasiga tuşgan.

Şu bilan birga, 30-avgust kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina energetika obyektlariga yangi yirik zarbalar tayyorlanayotganini maʼlum qilgan edi.