London sudi iPhone foydalanuvçilarining Google’ga 4,3 mlrd dollarlik arzini rad etdi. Google jamoaviy arznomani 2018 yil mayida olgan. Öşanda Which? tadqiqotçilik kompaniyasining sobiq direktori Riçard Lloyd Google’ni 4,4 mln nafar britaniyalik iPhone foydalanuvçisi haqidagi ma'lumotlarni noqouniy yiğişda ayblagan va kompaniyadan 3,2 mlrd funt sterling (4,3 mlrd dollar) talab qilgan.
Lloydning fikriça, Google kompaniyasi Safari brauzerining maxfiy qoliş sozlanmalariga qaramay, 2011 yil iyundan 2012 yil fevralgaça foydalanuvçilar qanday saytlarga kirayotganlari ortidan kuzatgan. Ta'kidlanişiça, kompaniya bu ma'lumotlardan reklama targetingi uçun foydalangan.
Biroq 8 oktabrda London oliy sudi arznomaga rad javobi bergan. Lloyd uning talabiga 20 ming kişi qöşilgani va ularning barçasi sud qarori ustidan arz qilişlarini aytgan.
Kompaniya vakillari esa Lloydning ayblovi “ma'noga egamasligini” aytib, sudning qarorini qutlaşgan.












