Qatarning Qatar Airways aviakompaniyasi bir neça hafta içida "Vnukovo" aeroportining 25% aksiyasini sotib oliş jarayonini boşlab beruvçi hujjat imzolanişini kutmoqda. Bu haqda aviakompaniya ijroçi direktori Akbar al-Bakirga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.
"Hozirda aktivlarni baholaş bosqiçidamiz, şundan söng hujjat imzolanadi. Bu bir neça hafta içida amalga oşişi kutilmoqda", — dedi al-Bakir. U Qatar aviakompaniyasi "bu aktivlarga juda qiziqayotganini" bildirdi.
Qatar aviataşuvçisi şu yilning mart oyida "Vnukovo" aeroporti uluşini sotib olmoqçiligini bildirgandi. Aprelda esa Qatar Airways va "Vnukovo" aeroport umumiy aksiyalarining 25%ini sotib oliş böyiça memorandum imzoladi.
Eslatib ötamiz, 3 oktabr kuni “Özbekiston havo yöllari” aviakompaniyasi 2018 yil 28 oktabrdan Özbekistondan Moskva şahriga barça reyslarni “Domodedovo” aeroportidan “Vnukovo” aeroportiga ötkazayotganligini ma'lum qilgandi.

















