Shavkat Mirziyoyev Fransiya Senati Raisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 oktabr kuni Parij shahrida Fransiya Respublikasi Senati Raisi Jyerar Larshe bilan uchrashdi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Senat Fransiya parlamentining yuqori palatasi bo‘lib, uning a'zolari umumiy bilvosita ovoz berish yo‘li bilan saylanadi hamda mamlakat hududlariga vakillik qiladi.
Senatorlar qonun loyihalarini qo‘mitalarda ishlab chiqish, yalpi majlislarda muhokama qilish va ma'qullash orqali qonun hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
O‘zbekiston Prezidenti Senat Raisini samimiy qutlar ekan, uni Fransiya Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 60 yilligi bilan tabrikladi, ushbu sana munosabati bilan O‘zbekistonda o‘zbek va fransuz tillarida chop etilgan Fransiya Konstitutsiyasining ilk nusxasini sovg‘a qildi. Jyerar Larshe bu kitobni katta mamnuniyat bilan qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev mamlakatlarimiz parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlik ulardagi do‘stlik guruhlari ishi tufayli ancha faollashganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Bugungi kunda O‘zbekiston Oliy Majlisining ikkala palatasida ham Fransiya parlamenti bilan hamkorlik guruhlari tashkil etilgan. Fransiya Senatida “Fransiya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo guruhi, quyi palata – Milliy assambleyada “Fransiya - O‘zbekiston” do‘stlik guruhi faoliyat yuritmoqda.
Fransiya Senati Raisi O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, aholi farovonligini oshirish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohot va yangilanishlarni yuksak baholagan, O‘zbekiston yaxshi qo‘shnichilik, hamkorlik va manfaatlarni o‘zaro hisobga olish tamoyillariga asoslangan konstruktiv mintaqaviy siyosat olib borayotganini alohida ta'kidlagan.
Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga ilk rasmiy tashrifi uzoq istiqbolga mo‘ljallangan amaliy hamkorlikning, jumladan, ikki davlat parlamentlari o‘rtasidagi aloqalarning yangi yo‘nalishlarini belgilab olishga xizmat qilishi qayd etilgan.
Jyerar Larshe Fransiya O‘zbekiston bilan do‘stlik rishtalari, samarali sheriklik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lida parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish va ularga tizimli tus berishga tayyor ekanini ta'kidlab o‘tgan.
Shavkat Mirziyoyev tashrif davomida Fransiya Senatining tarixiy binosini ko‘zdan kechirdi.
Mavzuga oid
13:00 / 09.11.2023
Shavkat Mirziyoyev yana bir bor G‘azodagi voqealarga munosabat bildirdi
11:48 / 09.11.2023
“Dunyo siyosiy arxitekturasi tom ma’noda o‘zgarmoqda” - Shavkat Mirziyoyev
18:18 / 12.09.2023
O‘zbekiston yo‘llarida yuk mashinalariga mo‘ljallangan tarozilar o‘rnatiladi
12:28 / 12.09.2023