Turkiyaning Marmarisidagi zargarlik dökonidan irlandiyalik sayyoh tomonidan yutib yuborilgan 35 ming yevrolik brilliant uzuk egasiga qaytarildi.

Ma'lum qilinişiça, 54 yoşli sayyoh bir nafargina xodim işlayotgan dökonga kirib, uzukni körsatişni sörab, söngra uni yutib yuborgan. 

Sayyoh politsiyada aybini tan olmagan, biroq kuzatuv kameralaridan olingan video közdan keçirilgaç hibsga olingan. Şifoxonadagi körik uzuk erkak içida ekanligini körsatgan.

Politsiya uzuk tabiiy yöl bilan çiqişini kutgan, biroq uni jarrohlik yöli bilan olişga töğri kelgan. 

Erkak bu işini Irlandiyadagi avtohalokatda rafiqasini yöqotgani, maşina kölga tuşib ketgani, rafiqasining brilliant nikoh uzugi topilmagani bilan tuşuntirgan. “Bu voqeadan keyin brilliant uzuklarni körsam aqlimni yöqotaman. Men ularni körgan har safar rafiqam esimga tuşadi”, deb aytgan sayyoh. Uning ta'kidlaşiça, u bunday onlarda uzukni olişga kuçli xohiş sezadi.