Özbekiston Rossiyadagi yangi favqulodda va muxtor elçisini tayinladi.
Endilikda Botirjon Asadov Özbekistonning Rossiyadagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qiladi.

Foto: Belarus TIV
8 oktabr kuni Rossiya Taşqi işlar vaziri örinbosari, stats-sekretar Grigoriy Karasin Özbekistonning yangi elçisidan işonç yorliqlarini qabul qilib olgan.
Karasin Asadovni yangi lavozim bilan tabriklagan va unga Rossiyadagi faoliyatida muvaffaqiyat tilagan. Tomonlar ikki mamlakat munosabatlaridagi muhim jihatlarni muhokama qilişgan.
Tomonlar şuningdek, RF prezidenti Vladimir Putinning oktabr oyida Özbekistonga amalga oşiradigan davlat taşrifiga tayyorgarlik masalasini muhokama qilişgan.
Ma'lumot uçun, Botirjon Asadov 2018 yilning fevralidan buyon Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovning birinçi örinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. U turli yillarda Özbekistonning Koreya Respublikasidagi elçisi, Özbekiston Respublikasining XXRdagi elçixonasi maslahatçisi hamda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi örinbosari sifatida işlagan.
Eslatib ötamiz, Özbekistonning Rossiyadagi avvalgi elçisi Bahrom Aşrafxonov sentabr oyida Alişer Sultonov örniga «Özbekneftgaz» AJ boşqaruvi raisi lavozimini egallagandi. Aşrafxonov 2016 yilning fevralidan buyon Özbekistonning Rossiyadagi elçisi sifatida faoliyat körsatib kelayotgandi.












