Google'ga egalik qiluvçi Amerikaning Alphabet Inc. Xoldingi dunyodagi eng yaxşi iş beruvçilar röyxatida birinçi örinni egalladi. Tegişli röyxat Forbes jurnali tomonidan tayyorlandi.

Reyting tuzuvçilari ikkinçi örinni Microsoft korporatsiyasiga berişdi. Apple kompaniyasi esa yetakçilar uçligiga yakun yasab berdi. Bundan taşqari, eng yaxşi iş beruvçilar beşligida Walt Disney va Amazon ham bor.
Keyingi örinlardan Gongkongning CNOOC, Germaniyaning Daimler, Tailandning Kasikornbank, AQŞning Celgene va Germaniyaning BMW Group kompaniyalari joy oldi.
Jurnal reytingida eng köp kompaniyalar Amerika Qöşma Ştatlaridan.












