Reglamentda ta’kidlanişiça, mehnat faoliyatiga oid ma’lumotlarni YaMMT kompleksiga iş beruvçilarning özi tomonidan bepul ravişda şakllantiriş imkoniyati çeklanmaydi. Tijoriy xizmatlar esa qöşimça qulaylik sifatida taklif etiladi.
YaMMT IDAK direksiyasi (vakolatli organ) tomonidan talabgor-iş beruvçilarga quyidagi tijoriy elektron xizmatlar körsatiladi:
xodimlari bilan mehnat şartnomalarini tuziş, bekor qiliş, ularga kiritilgan özgartiriş va qöşimçalar haqidagi ma’lumotlarni YaMMT kompleksiga kiritiş;
xodimlarining avvalgi iş joy(lar)i töğrisida mehnat daftarçasidagi yozuvlarni YaMMT kompleksiga kiritiş orqali elektron mehnat daftarçasini şakllantiriş;
YaMMT kompleksida taşkilotning tuzilmasini şakllantiriş.
Talabgorlar elektron tijoriy xizmatlardan foydalaniş uçun örnatilgan tartibda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali röyxatdan ötadi va sörovnoma töldiradi.
Vakolatli organ sörovnomani 3 iş kuni mobaynida körib çiqadi. Tegişli hujjatlar talablarga mos kelganda, YaMMT kompleksida mehnat faoliyatiga oid elektron ma’lumotlar şakllantiriladi va QR-kodli ma’lumotnoma rasmiylaştiriladi.












