Business Insider jurnalisti Eyvori Xartmans Amazon xodimlari şikoyatlaridan keyin kompaniyaga qaraşli omborlardan biriga taşrif buyurdi.

Foto: Business Insider 

Jurnalist borgan ombor AQŞning Kent şahrida (Vaşington ştati) joylaşgan bölib, 92 ming kvadrat metrni egallaydi. Kompaniya xodimlari u yerda haftasiga 4 kun davomida 10 soatdan mehnat qiladilar.

Foto: Business Insider 

Robotlar tovarlarni polga tuşirilgan QR-kodlar böyiça belgilangan joyga yetkazadi.

Robotlarning harakatlaniş jarayoni

Tovarlar qutilari maxsus konveyer tasmasida qadoqlanib, ölçanadi.

Qutilar turli tezlik bilan harakatlanişi mumkin.

Foto: Business Insider 

Hammasi bölib omborda 3 mingga yaqin odam işlaydi. Jurnalistning aytişiça, kompaniya xodimlari batartib va bamaylixotir işlaganlar. U xodimlardan birortasi tanaffus qilganini payqamagan, biroq şunga qaramay odamlar xafa yoki asabiy körinmaganlar.