Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qozog‘iston Toshkentda maishiy chiqindilarni qayta ishlash zavodini tashkil etadi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi huzuridagi «Maxsustrans» DUK va «GorKomTRans goroda Karagandi» korxonasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Ushbu memorandumning maqsadi kommunal chiqindilar bilan ishlash masalalari bo‘yicha ikkita korxonaning tajribasini o‘rganish va tarqatishda nazariy, maslahat-amaliy yordam berish, shu jumladan, kommunal chiqindilarni to‘plash, olib chiqib ketish, saralash va qayta ishlashni tashkil etishdan iborat.
Ushbu masalalarning batafsil muhokamasi uchun Toshkent shahar hokimligida Qarag‘anda shahar hokimligi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda barcha ishtirokchilar o‘zaro hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan ishlar ro‘yxatini taqdim etdilar, deb xabar beradi hokimlik matbuot xizmati.
Bundan tashqari, Toshkentda qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash zavodini birgalikda qurish rejalari tilga olindi.
Mavzuga oid
09:05 / 20.06.2026
O‘zbekistonda xavfli chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026