Qonun hujjatlari ta'sirini baholaş tizimi portalida Özbekiston Prezidentining “Toşkent şahrida Akfa xalqaro universitetini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Universitetni taşkil etiş taşabbusini Soğliqni saqlaş vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda “Akfa Medline” MÇJ bildirdi.
Universitet iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarining aniq ehtiyojlarini hisobga olgan holda funtamental, aniq, tibbiyot va gumanitar fanlar böyiça yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş bilan şuğullanadi.
Loyihaga köra, universitet oliy ta'lim muassasasi – Özbekiston Respublikasining yuridik şaxs maqomiga ega rezidenti böladi. Jumladan, universitet mas'uliyati çeklangan jamiyat şaklida taşkil etiladi.
Ta'kidlanişiça, öquv-metodik boşqaruv va ta'lim jarayonini olib boriş universitet tomonidan yetakçi xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan tuzilgan kelişuvlar asosida ta'minlanadi.
Ta'lim beriş Özbekiston davlat talablari va ta'lim standartlari hisobga olingan holda, xorijiy ta'lim muassasalarining öquv rejalari va dasturlariga muvofiq ingliz tilida amalga oşiriladi.
Bitiruvçilarga universitet tomonidan belgilangan namunadagi oliy ta'lim haqidagi diplom beriladi.
Universitetda ta'lim kunduzgi ta'lim şaklida tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.
Universitet faoliyati ta'sisçilar hamda tölov-kontrakt asosida öqişga kiruvçi talabalar mablağlari hisobiga moliyalaştiriladi.
Toşkent şahri hokimiyatiga universitet balansiga Şayxontohur tibbiyot kolleji binosini beriş topşiriladi.
2022 yil 1 yanvargaça universitet barça turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamğarmalariga majburiy tölovlarni tölaşdan ozod etiladi.












