Fujitsu System Integration Laboratories'ning xavfsizlik böyiça tadqiqotçisi Soya Aoyama Windows 10’da jinoyatçilardan yangi himoya tizimini buzib kiriş yölini topdi. Bu haqda The Bleeping Computer xabar bermoqda.

Operatsion tizimning eng sönggi versiyasi noma'lum dasturlarga himoyalangan papkalarda fayllarni özgartirişiga yöl qöymasligi kerak bölgan Controlled Folder Access mexanizmiga ega. Biroq, DerbyCon konferensiyasi iştirokçisi DLL inʼeksiyalar himoyani çetlab ötişda yordam berişi mumkinligini körsatdi.

Xaker Controlled Folder Access muhim fayllarni faqat «oq röyxatda» bölmagan dasturlardan himoya qilişini aniqladi. Şuning uçun, ular explorer.exe tasdiqlangan ilovasini işga tuşirganda zararli DLL’ni kiritiş usulini işlab çiqişdi. Dastur yoqilgaç, DLL işga tuşiriladi va troyan dasturlardan himoya funksiyasini çetlab öta oladi.

Aoyama sözlariga köra, xavfsizlik tizimidagi kamçilikni na Windows Defender antivirusi, na Avast, ESET, Malwarebytes Premium va McAfee dasturlari aniqlay olmagan, garçi ularning barçasi troyan dasturlardan himoyani ta'minlaydi.