Bankomatlardan pul o‘g‘irlaydigan juda kuchli vosita fosh etildi
Symantec kompaniyasi mutaxassislari Lazarus xakerlik guruhining FASTCash kiberoperatsiyalarida foydalaniladigan dasturni aniqlashdi. U jinoyatchilarga bankomatlardan katta miqdordagi pulni olishga imkon bergan. Bu haqda tadqiqotchilar kompaniya saytidagi blogda xabar qilishdi.
Symantec hisobotiga ko‘ra, kiberjinoyatchilar tranzaksiyalarni qayta ishlovchi bank tarmoqlari va serverlarini buzib kirishgan. Shundan so‘ng, xakerlar Trojan.Fastcash deb nomlangan zararli dasturni tarqatishadi. Virus bank javoblarini soxtalashtiradi - jinoyatchilar tomonidan naqd pul yechib olinishini tasdiqlaydi.
Mutaxassislar taxminiga ko‘ra, firibgarlar ushbu troyandan ikki yildan beri foydalanib kelayotgan bo‘lishi mumkin. Dastur yordamida ular o‘nlab million dollarni o‘marishgan. 2017 yilda guruh birdaniga 30dan ortiq mamlakatdagi bankomatlardan naqd pullarni bir vaqtda yechib oldi. 2018 yilda xakerlar reydidan biri 23 davlatdagi bankomatlarga ta'sir qildi.
Ushbu moliyaviy jinoyatlar haqida oktabr oyining boshida, AQSh hukumati HIDDEN COBRA guruhi jinoyatlariga bag‘ishlangan surishtiruv natijalarini e'lon qilganida ma'lum bo‘ldi. Bu shartli nom ostida Lazarus xakerlari yashiringan.
Mavzuga oid
08:29 / 13.10.2018
Pentagon o‘z ma'lumotlar bazasi buzib kirilganligini xabar qildi
10:55 / 11.10.2018
Windows 10’dagi yangi himoyani chetlab o‘tish yo‘li topildi
14:52 / 15.08.2018
Butun dunyo bo‘ylab bankomatlardan pul yechib olishning yo‘li ma'lum qilindi
21:12 / 17.05.2018