Bugun, 11 oktabr kuni Özbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elçisi Botirjon Asadov Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga işonç yorliqlarini topşirdi.

Bugun Katta Kreml saroyining Aleksandrovskiy zalida Vladimir Putin xorijiy mamlakatlar elçilaridan işonç yorliqlarini qabul qilib oliş marosimi ötkazildi.

Ma'lumot uçun, Botirjon Asadov yangi lavozimda ötgan oyda Alişer Sultonov örniga «Özbekneftgaz» AJ boşqaruvi raisi lavozimiga ötkazilgan sobiq elçi Bahrom Aşrafxonov örnini egalladi. U bungaça Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovning birinçi örinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. U turli yillarda Özbekistonning Koreya Respublikasidagi elçisi, Özbekiston Respublikasining XXRdagi elçixonasi maslahatçisi hamda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi örinbosari sifatida işlagan.

Endilikda Botirjon Asadov Özbekistonning Rossiyadagi diplomatik missiyasiga rahbarlik qiladi.