Farğonaning «Neftçi» klubi Qirğizistonning Öş şahrida ötkazilgan «Farğona vodiysi kubogi»da 2-örinni egalladi.

Sönggi turda Öşning «Oloy» klubi Botken viloyati terma jamoasini 9:0 hisobida mağlub etdi. «Neftçi» esa Tojikistonning «Xöjand» klubi darvozasiga javobsiz uçta töp yölladi. Gollarga Xurşid Asqaraliyev, Jamşid Qobulov va Anvar Berdiyev mualliflik qilişdi.

Musobaqa yakuniga köra, «Neftçi» va «Oloy» klublari 7 oçko töplaşdi. Töplar nisbatiga köra, Öş şahri klubi turnir ğolibi böldi. «Neftçi» 2-örinni, «Xöjand» 3-örinni, Botken viloyati terma jamoasi sönggi örinni egalladi.

Eslatib ötamiz, Farğona vodiysi kubogi ilk marotaba taşkil qilingan edi.