Fransiya terma jamoasining sobiq hujumçisi, hozirga qadar Belgiya terma jamoasinining yordamçi murabbiyi sifatida işlab kelgan Terri Anri «Monako» boş murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bergan.
41 yoşli mutaxassis bilan bitim 2021 yil iyuniga qadar amalda böladi.
«Avvalo, «Monako»ga men uçun alohida ahamiyatga ega klubda murabbiy böliş imkonini bergani uçun minnatdorçilik bildirmoqçiman. «Monako»ga qaytganimdan juda xursandman. Yangi faoliyatimga kirişişni, öyinçilar bilan tanişib, ular bilan birga iş boşlaşni sabrsizlik bilan kutyapman», - deya aytib ötgan Anri.
Ma'lumot uçun, Fransiya termasining eng yaxşi töpurari professional futbolçilik faoliyatini aynan «Monako»da boşlagan. U 1992 yilda uşbu klubning yoşlar jamoasiga qöşilgan bölib, ikki yildan söng asosiy tarkibga ötgan va 1999 yilda «Yuventus»ga ötgunga qadar bir marta Fransiya çempioni bölişga erişgan.
Eslatib ötamiz, 11 oktabr kuni – 10 ta öyinga çözilgan ğalabasiz seriyadan söng – «Monako» 4 yildan buyon jamoaga ustozlik qilib kelgan Leonardo Jardim iste'fosini ma'lum qilgan edi.
Avvalroq Jardimga iste'fo uçun qança tovon puli tölanişi ma'lum qilingan edi.












