Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolarni Özbekistonga qaytariş böyiça işlarni boşladi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berilgan.

Özbekistonliklarning 71 kişidan iborat birinçi guruhi Moskvadan Toşkentga 12 oktabr kuni 16:55 va 22:35da “Özbekiston Havo Yöllari” aviareyslari bilan yetib keldi. Ularni aeroportda qarindoşlari, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Şerzod Kudbiyev, şuningdek, Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakillari kutib olişgan.

Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 5 iyuldagi “Özbekiston Respublikasining taşqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ 3839-sonli qarori bilan Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi şaxslarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasi taşkil etildi.

Jamğarmaning asosiy vazifalaridan biri xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiriş davomida şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarsiz va yaşaş uçun mablağlarsiz qolgan, oğir moddiy ahvolga uçragan fuqarolarga huquqiy va ijtimoiy himoya, şuningdek, moddiy yordam körsatiş hisoblanadi.

2018 yil 5-8 sentabr Moskva şahrida bölib ötgan Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi örtasidagi iqtisodiy hamkorlik böyiça Hukumatlararo komissiyasining 19-kengaşida Rossiya Federatsiyasi Içki işlar vazirligi hududiy organlarining Xorijiy fuqarolarni vaqtinçalik saqlaş markazlaridagi taxminan 1500 nafar Özbekiston Respublikasi fuqarolarini qaytarişga kömaklaşiş haqida kelişuvga erişilgan edi.

Ta'kidlangan toifadagi şaxslar – bu oğir moddiy qiyinçilikka uçragan, şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarga va yaşaş uçun mablağga ega bölmagan Özbekiston Respublikasi fuqarolaridir. Qaytariş bilan boğliq taşkiliy işlar Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi şaxslarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasi hisobidan amalga oşiriladi.