2018 yilning yanvar-sentabr oylarida Özbekistonda 112,6 mingta ölim qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qömitasi xabar bermoqda.

Mos ravişda 1000 aholiga nisbatan ölim koeffitsiyenti 4,6 promilleni taşkil etdi, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega kamaydi (2017 yilning yanvar-sentabr oylarida 4,8 promille bölgan).

2018 yilning yanvar-sentabr oylarida qayd etilgan vafot etganlarning 60,7%i - qon aylaniş tizimi kasalliklaridan, 9,5%i - ösimtalardan, 6,3%i - baxtsiz hodisa, zaharlaniş va jarohatlanişlardan, 5,5%i - ovqat hazm qiliş a'zolari kasalliklaridan, 4,1%i - nafas oliş a'zolari kasalliklaridan, 1,5%i - yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 12,4%i - boşqa kasalliklardan vafot etgan.

Röyxatga olingan 1 yoşgaça vafot etgan bolalar soni 5,6 ming nafarni taşkil etib, ularning 60,8%i - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 16,6%i - nafas oliş a'zolari kasalliklaridan, 11,7%i - tuğma anomaliyalardan, 2,2%i - baxtsiz hodisa, zaharlaniş va jarohatlanişlardan, 2,2%i - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,8%i - ovqat hazm qiliş a'zolari kasalliklaridan va 5,7%i - boşqa kasalliklardan vafot etgan.