AQŞ prezidenti Donald Trampning hisoblaşiça, Qöşma ştatlar Mudofaa vaziri Jyeyms Mettis iste'foga çiqişi mumkin. Bu haqda Amerikaning CBS telekanali xabar tarqatgan.

Xabar qilinişiça, muxbir Trampdan Pentagon rahbarining iste'fo ehtimoli haqida söragan. Prezident bunday ehtimolni istisno etmagan.

«Men bilmayman... U bu haqda menga indamagan. Bizning munosabatlarimiz yaxşi, ikki kun muqaddam birga tuşlik qilgandik. Ammo, u ketişi ham mumkin», — degan Tramp.

Amerikaliklar rahbari Mettis demokrat ekani, muxolif qaraşlarni qöllab-quvvatlaşini qayd etib ötgan.

«U ketişi mumkin. Hamma ham qaçondir ketadi. Hamma. Odamlar ketaveradi va boşqalari keladi. Buni Vaşington deydilar», — deya qöşimça qilgan Tramp.