Islom Karimov fondida Özbekiston birinçi prezidentining otasi haqida sözlab berildi.
Islom Karimovning otasi-1894 yilda tuğilgan Abduğani bobo xizmatçi bölgan. U qattiqqöl, öziga va boşqalarga nisbatan talabçan kişi bölgan hamda qat'iyligi bilan ajralib turgan.

"Abduğani bobo qat'iy tartib-qoidaga rioya qilgan va öğillaridan ham şuni talab qilgan. Mahallada katta obro‘-e'tibor qozongan bölgan. Abduğani bobo va Sanobar aya farzandlarining bilim olişga intilişi va doimo öz ustida işlaşi uçun şart-şaroit yaratişgan", - deyiladi Fond xabarida.
Ta'kidlanişiça, Karimovlar oilasida barça öğillar oliy ma'lumotli bölgan, ularning uç nafari maktabni oltin medal bilan tugallagan, uç nafari fan nomzodi bölgan - Ibod Ğaniyeviç, Quddus Ğaniyeviç va Islom Abduğaniyeviç. Bu öşa vaqtlar va bugungi davr uçun - noyob hodisa. Keyinroq Islom Karimov akademik darajasigaça erişdi.
"Aka-ukalarning bari fenomenal xotira bilan ajralib turgan. Bu oilaviy xususiyat edi. Aka-ukalar hozirgina öqilgan matnni kim yoddan aytib bera olişi borasida özaro bellaşişgan. Keyinçalik ularning orasidan kimdir oliygoh öqituvçisi, kimdir sudya, xizmatçi, olim va prezident böldi. Bu oila uçun öğil farzandlarning bilim olişi birinçi örinda bölgan. Uşbu hayotiy pozitsiyaga sodiqlikni vaqtning özi tasdiqladi", - deyişdi Karimov fondida.











