Qishki transferlar vaqtida ham jiddiy xaridlar amalga oshiriladi. Bu vaqtda futbolchilarning narxi ko‘tarilib ketadi, chunki, klublar mavsumning birinchi qismidagi yo‘qotishlari o‘rnini to‘ldirish payiga tushib qolishadi. Quyida qishda top-chempionatlarda paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan 10 futbolchi ko‘rib chiqiladi.

Anderson Taliska - 24 yosh
Qayerda o‘ynaydi: «Guanchjou Evergrand» («Benfika»dan ijara asosida)
Qaysi jamoaga o‘tishi mumkin: kim katta maosh to‘lashga rozi bo‘lsa.

Taliskani «Manchester Yunayted»da kutishmoqda, u o‘tgan yil qishida «Roma»ga o‘tishi mumkin edi – ammo u o‘shanda «Beshiktosh»ga yo‘l oldi va ajoyib mavsum o‘tkazdi. Ammo yozda Anderson «Guanchjou»ga o‘tib ketdi. «Beshiktosh» prezidenti bundan hayron bo‘lmagani – Taliskani faqat pul qiziqtirishi haqida aytdi.

Braziliyalik yarimhimoyachi nomi ancha vaqtdan buyon top-ligalar bilan bog‘lanmoqda. U maydonda ko‘p ishni bajara oladi: to‘pni o‘zida olib yurishi, jarima zarbalarini ijro etishi, uzoq masofalardan va bosh bilan darvoza tomon aniq zarba berishi mumkin. Xitoy Superligasida u 14 o‘yinda 14 gol urib, 2 golga assistentlik qildi. Agar Yevropa klublari ko‘p muammolarini bitta transfer orqali hal qilmoqchi bo‘lsa, shu futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishi kerak bo‘ladi.

Frenki De Yong - 21 yosh
Qayerda o‘ynaydi: «Ayaks»
Qaysi jamoaga o‘tishi mumkin: «Barselona», «Manchester Siti»

«Ayaks» futbolchisi bugungi kunda eng talabgir futbolchiga aylangan. Amsterdamliklar jamoasi uni yozda tarkibda saqlab qoldi va jamoasi yangi mavsumda ham kuchli futbol namoyish etmoqda. Ayni vaqtda Frenki De Yong jamoa motoriga aylangan. Bu 21 yoshli yarimhimoyachini Xavi va Busketsga qiyoslashmoqda: Frenki jamoaning aniq paslar uzatish borasidagi yetakchi futbolchisi, u raqib o‘yinini aniq o‘qiy oladi va muvaffaqiyatli himoyalanadi.

Matteys De Ligt