Qoraqalpoğiston Respublikasining Şumanay tumanida 2018 yil 14 oktabr kuni Qonliköl tumanida yaşagan Q.D. boşqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomaşinani “Ğuzor-Buxoro-Nukus-Beynau” yölining 829-km.da haydab ketayotib, şu yönalişda oldinda harakatlanib ketayotgan U.G. boşqaruvidagi “MTZ-80” rusumli traktori tirkamasining orqa qismiga urilib töqnaşuv sodir etgan.

Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.

Röy bergan voqea natijasida “Neksiya” avtomaşinasi haydovçisi va uning yölovçisi jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Yana 4 nafar yölovçi esa jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. 

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.