14 oktabr kuni Özbekiston Respublikasi boş vaziri Abdulla Aripov raisligida paxta yiğim-terimiga bağişlangan selektor yiğilişi bölib ötdi.

Unda 2018 yil paxta hosilini yiğib-terib oliş işlarini jadallaştiriş, terimçilarni dalaga safarbar qiliş, kunlik terim sur'atini oşirişda joylarda mutasaddilar tomonidan yöl qöyilayotgan kamçiliklar, hosilni yoğin-soçinli kunlarga qoldirmasdan yakunlaş böyiça şoşilinç çoralar köriş yuzasidan 4ta sektor rahbarlarining hisobotlari tinglangan.

Yiğilişda boş prokuror Otabek Murodov, prezident adminstratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov hamda Özbekiston Respublikasi boş vaziri örinbosari Zoir Mirzayev nutq sözlagan.

Yiğiliş keskin tanqidiy ruhda ötgan. Ma'lum qilinişiça, aksar tumanlarda ikkinçi terim boşlanib ketganiga qaramasdan paxta rejasi 60 foizdan oşmagan, ayrim hududlarda reja 25-40 foiz atrofida qolmoqda.

«Kun.uz» manbasi ma'lum qilişiça, Nizomiddinov prezidentning maxsus qaroriga köra, joylarda sektor rahbarlari (tuman hokimi, prokuror, IIB boşliqlari, DSI boşliqlari) bölgan 100dan ortiq kişiga nisbatan intizomiy çora (işdan böşatiş, ikki oylik maoşdan mahrum etiş, hayfsan) qöllanişi haqida ma'lum qilgan.

Jumladan, paxta terimi vaqtidagi sustkaşliklari uçun 10dan ortiq tumanda prokurorlar, 10dan ortiq tumanda IIB boşliqlari işdan ketgan, soliqçilar orasida esa işdan olinganlar soni köproq.

Bundan avvalroq Toşkent viloyati hokimi Ğulomjon Ibragimovga hayfsan berilgani, viloyat IIB boşliği işdan böşatilgani töğrisida xabar qilingandi.