Rossiya prezidenti şu hafta Özbekistonga davlat taşrifi bilan keladi. Muzokaralar yakuni böyiça muhim hujjatlar töplami imzolanadi va AES qurilişiga start beriladi.
«Umid qilamanki, Toşkentga davlat taşrifi çoğida bizda prezident Şavkat Mirziyoyev bilan batafsil muzokaralar bölib ötadi. Ularning yakunlariga köra, qöşma hukumatlararo va tijoriy hujjatlarning salmoqli töplami imzolanadi», - dedi Vladimir Putin xorijiy mamlakatlar elçilaridan işonç yorliqlarini qabul qilib oliş marosimida. U yerda Özbekistonning elçisi ham bölgan.
Putinning sözlariga köra, u Özbekiston rahbari bilan birgalikda «Rosatom» tomonidan Özbekistondagi birinçi AES qurilişiga start beradi.
RF prezidentining Özbekistonga taşrifi 18-19 oktabr kunlari amalga oşiriladi.
Bundan avvalroq Özbekiston va Rossiya hamkorligidagi atom elektr stansiyasi (AES) Navoiy va Buxoro viloyatlari çegarasida joylaşgan Tödaköl suv ombori yaqinida qurilişi ma'lum qilingandi.
Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Özbekistonga taşrifi çoğida 20 milliard dollarlik hujjatlar töplami imzolanişi rejalaştirilgani xabar berilgandi.













