Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putinning O‘zbekistonga tashrifi. Necha mlrd dollarlik kelishuvlar imzolanadi?
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida 20 milliard dollarlik hujjatlar to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan. Bu haqda vaziyatdan xabardor manba Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi.
Toshkentda bir qator ikki tomonlama hujjatlar, shu jumladan, 2024 yilgacha iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo dastur imzolanadi.
Vladimir Putin 18-19 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Avvalroq, u Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lgan muzokaralardan so‘ng «qo‘shma hukumatlararo va tijoriy hujjatlarning salmoqli to‘plami» imzolanishi haqida bayonot bergandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Mirziyoyev bilan birgalikda ikki mamlakat o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik forumida ishtirok etishni, shuningdek, «Rosatom» tomonidan O‘zbekistondagi birinchi AES qurilishiga start berishni rejalashtirmoqda.
Rossiya prezidentining qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston - RFning strategik hamkori va ittifoqdoshi, ikki tomonlama munosabatlar esa siyosiy, savdo-iqtisodiy, harbiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar kabi barcha muhim sohalarda chuqurlashib bormoqda.
2017 yilda Rossiyaning O‘zbekiston bilan tovar aylanmasi 3,651 milliard dollarga teng bo‘lib, 2016 yilga nisbatan 33,96 foizga oshdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi sanasi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026