“Davlat boshqaruvi” kanali xabariga köra, boş prokuror örinbosari Salom Samadovga Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi boşliği lavozimini vaqtinça bajariş yuklatildi.
Salom Samadov 1963 yilda tuğilgan, ma’lumoti oliy, huquqşunos. 1990 yilda Xarkiv yuridik institutini tamomlagan. 3–darajali davlat adliya maslahatçisi hisoblanadi.
Prokuratura organlaridagi iş faoliyatini 1990 yilda Buxoro viloyati Fayzullo Xöjayev tumani prokuraturasida boşlagan. Buxoro va Navoiy viloyatlari prokuraturalari organlarida turli lavozimlarda, 2005 yildan boşlab Boş prokuratura boşqarma boşliği örinbosari, Xatirçi va Karmana tumanlari prokurori, Buxoro viloyati va Qoraqalpoğiston prokurori örinbosari, Qoraqalpoğiston prokurori, Özbekiston prezidenti davlat maslahatçisi örinbosari, birinçi örinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Samadov 2017–2018 yillarda boş prokuror örinbosari lavozimida işlagan, 2018 yil oktyabridan 2022 yil avgustiga qadar Toşkent viloyati prokurori bölgan, şundan keyin Qaşqadaryo viloyati prokurori lavozimiga ötkazilgan. U 2023 yilning fevral oyi oxirlarida boş prokuror örinbosari lavozimiga tayinlandi.











