Toşkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvçi Şavkat Töraquloviç Rahmatov lavozimini tark etgan. «Kun.uz» manbasi ma'lum qilişiça, u öz ixtiyori bilan işdan böşaş haqida ariza yozgan.
Şavkat Rahmatov şu yilning iyulida Toşkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi. U 2018 yilning yanvaridan viloyat prokurori sifatida işlab, iyul oyida Surxondaryo viloyati hokimi etib tayinlangan Bahodir Baxtiyoroviç Pölatov örnini egallagandi. U bungaça Pölatovning örinbosari sifatida işlagandi.

Hozirça Toşkent viloyatining yangi prokurori kim bölgani ma'lum emas.
Qayd etiş kerakki, Rahmatov keyingi 12 oy içida Toşkent viloyatining törtinçi prokurori bölgandi.
2017 yilning oktabr oyi oxirida paxta terimi mavsumida hosil qöşib yozişga yöl qöygani uçun Toşkent viloyati hokimi Şukrullo Boboyev bilan birga viloyat prokurori Jamşid Fayziyev işdan böşatilgandi. Keyinçalik sobiq boş prokuror Raşid Qodirovga qarşi jinoiy iş doirasida Jamşid Fayziyev ham qölga olindi.
Uning örniga tayinlangan Uluğbek Jaliloviç Sunnatov esa 2018 yilning yanvarigaça işladi. 2014-2017 yillarda Respublika prokuroriga örinbosar sifatida işlagan Uluğbek Sunnatov ham fevral oyi oxirida Qodirov işi doirasida qölga olingan.











